Davlat qarzi YaIMga nisbati yil boshiga qaraganda qanchaga oshgani ma’lum qilindi

2020 yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘ining o‘sishini shakllantiruvchi asosiy omillar:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 1,1 mlrd. dollarga,
- Davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i 0,8 mlrd. dollarga;
- 3 459,8 mlrd. so‘m miqdorida davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi hamda 450 mlrd. so‘mga teng ichki qarzdorlik so‘ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog‘ozlari qoldig‘i 3 009,8 mlrd. so‘mga oshdi.
Davlat qarzining YaIMga nisbati o‘zgarishiga ta’sir etgan omillar Davlat qarzi YaIMga nisbati 2020 yil boshiga nisbatan 3,5 foizga oshgan (31.12.2019 y. holatiga 30,5 foiz – 3-rasm). Davlat qarzining YaIMga nisbati o‘zgarishining 4,1 foizi O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlarning o‘zlashtirilishi, 2,2 foizi nominal ayirboshlash kursi o‘zgarishi, -0,8 foizi real YaIM o‘sish sur’ati, 5 -1,1 foizi davlat qarzi bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlari, -0,9 foizi boshqa omillar hissasiga to‘g‘ri keldi.
3-rasm. 2020 yilning 1-yarim yilligida davlat qarzi YaIMga nisbatining o‘zgarishiga ta’sir etgan omillar
(Yil boshiga nisbatan o‘zgarish, YaIMga nisbatan foizda)
2019 yilning 1-yarim yilligi bilan taqqoslaganda 2020 yilning mos davrida:
- real YaIM o‘sish sur’atining davlat qarzining YaIMga nisbatiga ta’siri kamroq bo‘lib, bu mazkur davrda real YaIM o‘sish sur’atining pastroq sur’at bilan o‘sgani bilan izohlanadi.
- o‘rtacha nominal ayirboshlash kursining qadrsizlanishi davlat qarzining YaIMga nisbati 2019 yilning mos davriga nisbatan 1,6 foizga ko‘proq oshishiga sabab bo‘lgan (2019 yilning 1-yarim yilligida 0,6 foiz);
- O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlar bo‘yicha o‘zlashtirish 2 mlrd. dollarga kamroq bo‘lgan. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning mos davrida 1 mlrd. AQSh dollarga teng O‘zbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalari joylashtirilgan, shuningdek “Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksida ishlab chiqarilayotgan tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish” (GTL) loyihasi doirasida qo‘shimcha 975 mln. mablag‘lar o‘zlashtirilgan.