24 may, shanba
|
Toshkent   26° C

Avtomobilni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari qanday?

Avtomobilni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlari qanday?

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra:

  • ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari — 2 yilda bir marta;
  • ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ortiq bo‘lgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari — 1 yilda bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Shuningdek, transport vositasi texnik ko‘rikka belgilangan muddatlardan oldin taqdim etilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq haydovchilarning majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarishi 111 ming 500 so‘m miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.