24 may, shanba
|
Toshkent   26° C

O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan

O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2020 yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil olib kelingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.

Bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.

Joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.