Bojxona omborlarida qancha oziq-ovqat mahsulotlar zaxirasi mavjud?
- 2.04.2020 14:43
- 104

Joriy yilning 1 aprel holatiga bojxona omborlarida jami 46,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda. Ushbu tovarlardan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 70,7 mlrd.so‘m bojxona to‘lovlari undirilishi kutilmoqda.
Bular asosan quyidagi mahsulotlardir:
- go‘sht (2,9 ming tn, 3,9 mln. doll.);
- margarin (3,1 ming tn, 3,6 mln. doll.);
- kungaboqar yog‘i (3,5 ming tn, 2,6 mln. doll.);
- bio qo‘shimchalar (340,4 tn, 2,6 mln. doll.);
- palma yog‘ (2,3 ming tn, 2,1 mln. doll.);
- shokolad (633,3 tn, 1,5 mln. doll.);
- shakar (3,2 ming tn, 1,2 mln. doll.);
- bolalar ovqati (216,2 tn, 1,1 mln. doll.);
- konservalangan sabzavotlar (918,8 tn, 1,1 mln. doll.);
- bug‘doy (75,4 ming tn, 14,9 mln. doll.);
- un (3,3 ming tn, 807,2 ming doll.);
- un mahsulotlari (vafli, pechene va x.z.) (395,6 tn, 802,3 ming doll.);
- sut mahsulotlari (435,5 tn, 577,2 ming doll.);
- banan (926,7 tn, 526,2 ming doll.);
- makaronlar (472,6 tn, 491,2 ming doll.);
- pishloq (128,8 tn, 483,1 ming doll.)
- choy (70,0 tn, 371,5 ming doll.);
Bojxona omborlarida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 4,7 mln. dollar, hudud korxonalari bo‘yicha 41,6 mln. dollarni tashkil etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha:
- “O‘zbekoziqovqatxolding” XK (3,0 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, palma yog‘i, bug‘doy, konservalangan sabzavotlar, soya, araxis, zaytun yog‘i);
- “O‘zyog‘moysanoati” uyushmasi (1,4 mln. doll., asosan kungaboqar yog‘i, bug‘doy, palma yog‘i);
- “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi (328,3 ming doll., asosan go‘sht, un, shakar, kungaboqar yog‘i, konservalangan sabzavotlar);
- “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi (7,2 ming doll., bio kushimchalar);
- “O‘zcharmsanoat” uyushmasi (4,2 ming doll., kimyoviy tuzlar).
Hududlar bo‘yicha:
- Toshkent shahar (26,4 mln. doll., asosan bio qo‘shimchalar, shokolad, bolalar ovqati, margarin, go‘sht, bug‘doy, un mahsulotlari, shakar, palma yog‘i, banan, makaronlar);
- Toshkent viloyati (4,3 mln. doll., asosan un, bug‘doy, shakar, bio qo‘shimchalar, kungaboqar yog‘i, paxta yog‘i, go‘sht, margarin);
- Sirdaryo (3,9 mln. doll., asosan bug‘doy, soya, araxis, zaytun yog‘i, paxta yog‘i);
- Samarqand (3,6 mln. doll., asosan margarin, bug‘doy, paxta yog‘i, soya, araxis, zaytun yog‘i, go‘sht, un);
- Namangan (3,3 mln. doll., asosan go‘sht, bug‘doy, palma yog‘i, margarin, un, shokolad);
- Farg‘ona (2,9 mln. doll., asosan bug‘doy, olma, un, bio qo‘shimchalar, go‘sht, kartoshka, banan);
- Qoraqalpog‘iston Res. (600,7 ming doll., bug‘doy, sut mahsulotlari, baliq);
- Xorazm (557,3 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar, banan, makaron);
- Buxoro (412,0 ming doll., asosan bug‘doy, quritilgan mevalar, sut mahsulotlari);
- Andijon (98,9 ming doll., asosan bio qo‘shimchalar va kungaboqar yog‘i);
- Jizzax (95,4 ming doll., bio qo‘shimchalar va sut mahsulotlari);
- Surxondaryo (82,3 ming doll., konservalangan dengiz maxsuloti, sitruslar);
- Qashqadaryo (11,1 ming doll., asosan sitrus mevalar).
- Navoiy (2.1 ming doll., asosan kungaboqar yog‘i, bio qo‘shimchalar).