25 may, yakshanba
|
Toshkent   32° C

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Yana to‘rt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Bugun, 14 aprel kuni Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik bo‘lib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda bo‘lishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.

O‘zbekistonda jami tuzalganlar soni 89 nafarga yetdi.