Oktyabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichi o‘rtacha darajada o‘sdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil oktyabr oyida quyidagilarni tashkil etdi:
- 2020 yil sentyabr oyiga nisbatan – 1015 birlikni (o‘sish – 1,5%);
- 2019 yilning oktyabr oyiga nisbatan – 879 birlikni (pasayish – 12,1%).
O‘zbekistonda joriy yilning oktyabr oyida ishbilarmonlik faolligi mo‘’tadil darajada oshdi. Ushbu o‘sish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank operatsiyalari sonining, shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar sonining oshganligi bilan izohlanadi.
1-rasm. 2020 yilning oktyabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshgan
Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan.
2020 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 1,5 foizga oshib, 1015 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 7,3 foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,4 foizga oshgan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 2,4 foizga kamaygan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 14,4 foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Farg‘ona viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan
2020 yil oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning barcha hududlarida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Farg‘ona (44,8%), Sirdaryo (43,7%), Jizzax (42,3%) va Toshkent (33,8%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).
Ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘tgan oyga nisbatan mo‘’tadil darajadagi o‘sishiga qaramasdan, indeks o‘tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan 12,1 foizga kamaygan. Shu bilan birga, Andijon viloyati (-9,4%) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-1,0%) bazis davrga (yanvar, 2019 yil) pasayish kuzatilgan.
2-rasm. 2020 yil oktyabr oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2020 yil oktyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 232,7 ming tani tashkil etdi va sentyabr oyiga nisbatan 288,4 ming tranzaksiyaga (7,3%) oshgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizga sezilarli darajada kamayib ketgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan
2020 yil oktyabrda respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Surxondaryo (16,2%), Jizzax (14,6%), Namangan (14,5%), Qashqadaryo (14,4%) va Buxoro (13,3%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2020 yilning oktyabr oyida IFIning birja komponenti 0,9761 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 2,4 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining 16,2 foizga kamayishi bilan izohlanadi.
Oktyabr oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 30 086 ta bitim imzolangan bo‘lib, sentyabr oyiga (26 994) nisbatan 3 092 ta bitimga (11,5 foizga) oshgan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil oktyabr oyida 2 183,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 31,4 foizga pasaygan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil oktyabr oyida 1,0139 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,4 foizga oshganligini ko‘rsatadi.
2020 yil oktyabr oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 8 369 taga ko‘payib, 503 217 tani (2020 yilning sentyabr oyida 494 848 ta) tashkil etdi.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 19 taga oshgan.
Hisobot davrida kichik korxonalar soni 398 771 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 7 471 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 100 614 tadan 101 493 tagacha (879 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 2 953 tani tashkil etib, 2020 yil sentyabr oyiga nisbatan 19 taga oshagan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2020 yil oktyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,8557 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 14,4 foizga kamaygan. Joriy yilning oktyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 83 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Farg‘ona viloyati | ↑1448 | ↑1,1237 | ↑2,0000 | ↑1,0221 | ↑1,0000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1437 | ↑1,0577 | ↑2,0000 | ↑1,0096 | ↑1,5000 |
Jizzax viloyati | ↑1423 | ↑1,1463 | ↑2,0000 | ↑1,0104 | ↓0,0000 |
Toshkent shahri | ↑1395 | ↑1,0292 | ↑2,0000 | ↓0,9528 | ↓0,8429 |
Toshkent viloyati | ↑1338 | ↑1,0895 | ↑1,6839 | ↑1,0135 | ↑2,0000 |
Namangan viloyati | ↑1317 | ↑1,1453 | ↑1,6340 | ↑1,0130 | ↑1,3333 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1303 | ↑1,1440 | ↑1,6979 | ↑1,0145 | ↓0,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1229 | ↑1,1619 | ↑1,4992 | ↑1,0140 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↑1189 | ↑1,0688 | ↑1,3289 | ↑1,0142 | ↑2,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1117 | ↑1,0513 | ↑1,3114 | ↑1,0191 | ↓0,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1101 | ↑1,1334 | ↑1,2022 | ↑1,0142 | ↓0,0000 |
Samarqand viloyati | ↑1067 | ↑1,1285 | ↑1,1218 | ↑1,0143 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1066 | ↑1,0489 | ↑1,1945 | ↑1,0055 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1025 | ↑1,1256 | ↓0,9458 | ↑1,0122 | ↑1,0000 |
Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi
Hududlar |
IFI | Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent | Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent | Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent | Tovar belgilari bo‘yicha komponent |
Toshkent shahri | ↑1425 | ↑1,0477 | ↑1,9412 | ↑1,1906 | ↓0,6705 |
Sirdaryo viloyati | ↑1400 | ↓0,6323 | ↑2,0000 | ↑1,3133 | ↑3,0000 |
Surxondaryo viloyati | ↑1394 | ↓0,7966 | ↑2,0000 | ↑1,4306 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↑1367 | ↓0,7470 | ↑2,0000 | ↑1,2991 | ↓0,6667 |
Toshkent viloyati | ↑1333 | ↓0,7019 | ↑2,0000 | ↑1,2310 | ↓0,5556 |
Samarqand viloyati | ↑1227 | ↓0,8966 | ↑1,4972 | ↑1,4285 | ↓0,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1216 | ↓0,8449 | ↑1,4740 | ↑1,5011 | ↓0,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1167 | ↓0,7362 | ↑1,4105 | ↑1,2941 | ↑2,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1143 | ↓0,7124 | ↑1,5857 | ↑1,1784 | ↓0,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1142 | ↓0,7763 | ↑1,4453 | ↑1,3263 | ↓0,0000 |
Jizzax viloyati | ↑1075 | ↓0,7251 | ↑1,2692 | ↑1,4250 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1011 | ↓0,7498 | ↑1,1078 | ↑1,2532 | ↑1,0000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓990 | ↓0,6911 | ↑1,1777 | ↑1,2587 | ↓0,0000 |
Andijon viloyati | ↓906 | ↓0,6246 | ↓0,9367 | ↑1,1479 | ↑2,0000 |