24 may, shanba
|
Toshkent   28° C

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi

Auksion savdolarining natijalari QR-kod orqali rasmiylashtiriladi

Barcha auksion savdolari natijalari 2020 yil 1 sentyabrdan QR-kodni qo‘llash orqali rasmiylashtiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabarida qayd etilishicha, “E-IJRO AUKSION” tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi.

– auksionda shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;

– davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;

– savdolarda mavjud lotlar haqida batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.


Теги:

#auksion #QR-kod

Поделиться: